Jurnal haqida

Hurmatli hamkasblar, qadrli olim va izlanuvchilar!

Qo‘qon davlat pedagogika instituti jamoasi ilm ahllariga, doktoranturada tahsil olayotgan tadqiqotchi-izlanuvchilarga o‘z ilmiy faoliyatini yanada kengaytirish, butun dunyo ilm olamiga o‘zining tadqiqot ishlari va maqolalarini keng yoyishlarida yaqindan ko‘mak bo‘ladigan yangi “Zamonaviy ta’lim va taraqqiyot” elektron ilmiy jurnalini ishga tushirdi.

Ushbu elektron ilmiy jurnalda chop etilgan barcha maqola va tezislar xalqaro ta’lim platformalarida va qidiruv tizimlarida o‘z aksini topadi. Shu jumladan, har bir maqola o‘zining DOI (digital object identifier) raqamiga ega bo‘lib, mualliflarning ORCID va Google scholar profillariga avtomatik tarzda bog‘lanadi.

Jurnalga quyidagi yo‘nalishlarda maqolalar qabul qilinadi:

  • matematika
  • fizika
  • pedagogika
  • psixologiya
  • filologiya
  • geografiya
  • tarix
  • kimyo
  • falsafa
  • biologiya

G‘oya va tahlillaringiz, tadqiqot natijalaringiz, ilmiy xulosalaringizni jurnalimiz orqali ommaga taqdim qiling va mamlakatimiz ilmiy faoliyati rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing!

Jurnalga maqola yuborish talablari bo‘yicha quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin: Batafsil ma'lumot