Bosh sahifa Dolzarb maqolalar Paralimpiya chempioni bilan uchrashuv

Paralimpiya chempioni bilan uchrashuv

Bugun Maktabgacha taʼlim fakultetida Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan XVI yozgi oʻyinlarida yengil atletikaning disk uloqtirish turida F57 klassida oltin medalni qoʻlga kiritgan, Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Mohigul Hamdamova hamda uning onasi Xolida Hasanova bilan uchrashuv oʻtkazildi. 

Davra suhbatida Mohigul Hamdamova oʻzining sportdagi faoliyati, erishgan yutuqlari, boshdan oʻtkizgan qiyinchiliklari haqida soʻzlab berdi. Shuningdek, talabalarning savollariga ham batafsil javob qaytardi.

Mohigul talabalarga, avvalo, har qanday sohada ham muhimi ortga chekinmaslik ekanligini, ulkan muvaffaqiyat ortida tinimsiz mehnat yotishini taʼkidlab, oʻzi boshidan oʻtkazgan va guvohi boʻlgan voqealarni misol qilib keltirdi.

Bunday uchrashuvlarning oʻtkazilishi talabalarning sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish bilan birga ularning qalbida Vatanparvarlik tuygʻusining shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Exit mobile version