Bosh sahifa Navbatdagi konferensiyalar ILM-FAN MUAMMOLARI MAGISTRANTLAR TALQINIDA” MAVZUSIDAGI ILMIY-AMALIY ANJUMANI

ILM-FAN MUAMMOLARI MAGISTRANTLAR TALQINIDA” MAVZUSIDAGI ILMIY-AMALIY ANJUMANI

Anjumanda oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlarining magistrantlari, shuningdek doktorantlar, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etishlari mumkin. Anjumanda taqdim etilayotgan maqolalar dolzarb muammolar yechimiga bag‘ishlangan yoki muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.

Anjumanda muhokama qilinadigan mavzu yo‘nalishlari:

1-sho‘ba. Aniq va tabiiy fanlarning dolzarb masalalari.

2-sho‘ba. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning muammolari.

3-sho‘ba. Pedagogika fanlarini tadqiq etishning istiqbollari: qarashlar va nazariyalar.

4-sho‘ba. Filologiya fanlarini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar.

Anjuman materiallari tashkiliy qo‘mita tomonidan 2022-yilning 01-may kuniga qadar quyidagi talablar asosida qabul qilinadi:

1. Matn A4 formatdagi oq qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3,0 sm va o‘ngdan 1,5 sm chegaralar qoldirib, joylashtiriladi va albatta elektron shaklda ham taqdim etiladi. Doklad materiallari raqamlanmaydi va Microsoft Word redaktorida Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda (interval 1,5) rasmiylashtiriladi.

2. Manbalarga havola (ssilka)lar asosiy matn ichida [1] ko‘rinishda bo‘lishi lozim (namunaga qarang). Tezis oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi.

3. Bayon etilgan ma’lumotlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi va metodologik jihatlari bo‘yicha muallif mas’ul.

4. Material nomi bosh (katta) harflar bilan markazga yoziladi, kichik harflar bilan muallifning familyasi, ismi-shrifi, ish joyi ko’rsatiladi. Maqolaning qisqacha annotasiyasi va kalit so’zlari (7-8 ta) bo’lishi shart.

MUALLIFLIK BADALI: har bir sahifa uchun 10 000 ming so‘m.

ESLATMA: talablarga javob bermaydigan holda rasmiylashtirilgan va belgilangan muddatdan kechikib yuborilgan materiallar to‘plamga kiritilmaydi.

Nashr uchun materiallar bosma hamda elektron ko‘rinishda quyidagi elektron manziliga jo‘natilishi lozim: Yuborish uchun matn ustiga bosing

Bog‘lanish: +99891540888 M.Rahmonova

Exit mobile version