Hurmatli hamkasblar, qadrli olim va izlanuvchilar!
Qo‘qon davlat pedagogika instituti jamoasi ilm ahllariga, doktoranturada tahsil olayotgan tadqiqotchi-izlanuvchilarga o‘z ilmiy faoliyatini yanada kengaytirish, butun dunyo ilm olamiga o‘zining tadqiqot ishlari va maqolalarini keng yoyishlarida yaqindan ko‘mak bo‘ladigan yangi “Qo'qon DPI. Ilmiy xabarlar” elektron ilmiy jurnalini ishga tushirdi.
Ushbu elektron ilmiy jurnalda chop etilgan barcha maqola va tezislar xalqaro ta’lim platformalarida va qidiruv tizimlarida o‘z aksini topadi. Shu jumladan, har bir maqola o‘zining DOI (digital object identifier) raqamiga ega bo‘lib, mualliflarning ORCID va Google scholar profillariga avtomatik tarzda bog‘lanadi.
“Qo’qon DPI. Ilmiy xabarlar” ilmiy jurnali OAK Rayosatining 2021-yil 31-martdagi qarori bilan OAK ilmiy nashrlar ro’yhatiga
- Kimyo
- Biologiya
- Filologiya
- Falsafa
- Tarix
fan tarmoqlari bo’yicha milliy nashrlar sifatida kiritilgan.
G‘oya va tahlillaringiz, tadqiqot natijalaringiz, ilmiy xulosalaringizni jurnalimiz orqali ommaga taqdim qiling va mamlakatimiz ilmiy faoliyati rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing!
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyaragentligi 2020-yil 9-iyulda 1085 raqam bilan ro’yhatga olingan.
Jurnaldan maqola ko’chirib bosilganda, manba ko’rsatilishi shart.
Jurnalga maqola yuborish talablari bo‘yicha quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin: Batafsil ma'lumot