Mamlakatimizda tariximiz, milliy oʻzligimiz timsoli boʻlgan hunarmandchilik sohasini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratib kelinyapti. Soʻnggi yillarda hunarmandlar mehnatini qadrlanib, ularga imkoniyat va imtiyozlar yaratib berilmoqda. Mazkur soha vakillari yangi ish oʻrinlari yaratish, yoshlarni ijtimoiy mehnatga jalb etish, turizmni rivojlantirishga katta hissa qoʻshmoqda.

Oʻtayotgan haftada Milliy hunarmadchilik va amaliy sanʼat fakultetida milliy matolar adras va atlas ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi. Sexning tashkil etilishi hunarmandchilik sohasiga boʻlgan yuksak eʼtibor ifodasi boʻldi.

Sex faoliyati bilan tanishgan institut rektori Dilnoza Xodjayeva bu maskan milliy hunarmandchiligimiz anʼanalarini talaba-yoshlarga oʻrgatish, sohaga oid nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash hamda talabalarni oʻqish bilan birga ish bilan taʼminlanishida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Manba✍️QDPI matbuot xizmati