Sovrindor talabalar taqdirlandi
Avval xabar berganimizdek, Qoʻqon davlat pedagogika institutining bir guruh talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari (Navoiy, Ulugʻbek, Islom Karimov) sovrindori boʻlgan hamda ular institut rektori D. Xodjayeva tomonidan zamonaviy noutbuk va smartfon bilan, sovrindor talabalarining ilmiy rahbarlari 1 oylik maoshi miqdorida, davlat stipendiyalari talabgor boʻlib, lekin sovrindor boʻlmagan institut talabalari bazaviy stipendiya miqdorining 2 barobari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻi va institut rektorining sertifikati bilan taqdirlanishi eʼlon qilingan edi.
Bugun sovrindor talabalar va ularning ilmiy rahbarlari erishgan natijalar eʼtirof etilib, ularga vaʼda qilingan sovgʻalar tantanali topshirildi.
Tadbirda soʻzga chiqqan sovrindorlar kelajakda yetuk mutaxassis boʻlib yetishishga, ilm-fan, taʼlim sohasiga qaratilayotgan eʼtibordan minnatdorligini bildirdilar.