Qoʻqon davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi majlisi doimgidek taqdirlash marosimi bilan boshlandi.
Marosim avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sovrindori boʻlgan taqdirlangan boʻlsa, marosimning ikkinchi qismida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan dotsent, ilmiy unvonlar hamda ilmiy darajalarga loyiq topilgan professor-oʻqituvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.
Ular erishgan natijalar institut rahbariyati hamda hamkasblar tomonidan eʼtirof etildi.