Taʼlim tizimida boshlangan islohotlar uzluksizligini taʼminlash orqaligina mamlakatni yuksaltirishga qaratilgan vazifa va maqsadlarga erishini taʼminlovchi hamda uchinchi Renessansni amalga oshiruvchi barkamol avlodni yetishtirish mumkin.
Joriy yilning 28-yanvar kuni Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan maktab taʼlimini rivojlantirishga qaratilgan videoselektor yigʻilishida pedagogik institutlari va maktablar oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, jumladan, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliygohlarning fakultetlari doimiy tarzda maktablarga biriktirilishi kabi vazifalar belgilangan edi. Bunda OTMlarning salohiyatli pedagog-oʻqituvchilaridan iborat “Mobil metodik guruh”lar tashkil etilib, ular maktablarga amaliy yordam koʻrsatishlari koʻzda tutilgan.
Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini tashkil etish va ularni muvofiqlashtirib borish yuzasidan Qoʻqon davlat pegogika instituti oʻtkazilgan yigʻilishda Qoʻqon shahar hokimi M. Usmonov, institut rektori D. Xodjayeva, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, shahar Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri ishtirok etdi.
Shahar hokimi Marufjon Usmonov institutning salohiyatli pedagog-oʻqituvchilaridan iborat “Mobil metodik guruh”lar tashkil etish orqali umumtaʼlim maktablariga amaliy va metodik yordam koʻrsatish, maktab oʻqituvchilarining sohaviy bilim va malakasini oshirish, oʻquvchilarning OTMlarga kirish koʻrsatkichini yaxshilash, taʼlim saviyasini yuksaltirish boʻyicha aniq vazifalar haqida toʻxtalib oʻtdi.
Yigʻilishda maktablarda taʼlim sifati koʻtarish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar, galdagi vazifalar haqida kelishib olindi.