Avval xabar berganimizdek, bitiruvchilarni oliy taʼlimga tayyorlash maqsadida pedagog-oʻqituvchilaridan tuzilgan “Mobil metodik guruh” aʼzolari maktablariga amaliy va metodik yordam koʻrsatish, maktab oʻqituvchilarining sohaviy bilim va malakasini oshirish ishlariga kirishdilar.

34-maktabda boʻlib oʻtgan uchrashuvda shahar hokimi Marufjon Usmonov, Fizika-matematika fakulteti dekani Hakimjon Xonboboyev va fakultetning yetakchi professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Uchrashuvda bitiruvchilarga taqdimotlar namoyish etilib, institutdagi taʼlim yoʻnalishlari, kirish imtixonlari xususida maʼlumot berildi.

“Mobil metodik guruh” vakillari bitiruvchilarning OTMlarga kirish imtixonlari topshiradigan fanlari boʻyicha bilimlarini baholab, amaliy koʻmak berishi rejalashtirlgan.

Manba✍️QDPI matbuot xizmati