Boshlangʻich taʼlim fakulteti tashabbusi bilan Fuqarolik ishlari boyicha Qoʻqon tumanlararo sudi va Qoʻqon tumanlararo iqdisodiy sudi hamkorligida “Odam savdosiga qarshi kurash – sogʻlom va adolatli jamiyat taraqqiyoti kafolati” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida soʻzga chiqqanlar odam savdosiga qarshi kurash borasida, avvalambor, aholining, xususan, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni kasbga yoʻnaltirish, ish bilan taʼminlash, shuningdek, barcha mutasaddi tashkilotlar hamkorlikda faoliyat yuritishlari lozimligini taʼkidladilar.
Qizgʻin bahs-munozara va jonli muloqotlarga boy boʻlgan tadbir soʻnggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga Fuqarolik ishlari boyicha Qoʻqon tumanlararo sudi sudyalari B.Norov, M.Urmonov, U.Safarov, J.Otaboyev hamda Qoʻqon tumanlararo iqdisodiy sudi raisi J.Ergashevlar tomonidan batafsil javob berildi.