Oʻzbekiston milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva, Respublika axborot-kutubxona markazi direktori A. Gaziyev, Fargʻona viloyati AOK boshqarmasi boshligʻi Sh. Aslonov, Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori H. Shermatovalar tashrif bilan Qoʻqon davlat pedagogika institutida boʻldi.

Institut rektori Dilnoza Xodjayeva, soha prorektorlari bilan kechgan ochiq muloqotda soʻnggi yillarda kitob mutolaasi va targʻiboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar qabul qilinib, yurtimizning barcha hududlarida aholi orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, yoshlarni kitobxonlik va kitob mutolaasiga samarali jalb etish haqida soʻz bordi.

 

Tashrif davomida Oʻzbekiston milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva hamda institut rektori Dilnoza Xodjayevalar oʻzaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida hamkorlik memorandumini imzolashdi.