19-24-aprel kunlari Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatining yunon-rum kurashi bahslarida Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Muhammadqodir Rasulov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

-82 kilogramm vazn toifasida bronza medali uchun bahsda yaponiyalik Yuya Okajimani magʻlub etgan Muhammadqodir bronza medaliga sazovor boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Muhammadqodir uchun oʻtgan 2021-yil ham muvaffaqiyatlarga boy boʻlgan. Oʻtgan yili u Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston chempionida oltin, Rossiyaning Qozon shahrida boʻlib oʻtgan birinchi MDH oʻyinlarida hamda Xorvatiyada oʻtkazilgan nufuzli Adriatic Trophy turnirida kumush medallarni qoʻlga kiritgandi.

Qoʻqon davlat pedagogika institut jamoasi Muhammadqodir Rasulovni navbatdagi gʻalaba bilan mubarakbod etadi va kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.