Bugun Qoʻqon davlat pedagogika institut talabalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi hamkorligida tashkil etilgan amaliy-uslubiy seminarda ishtirok etishdi. 

Seminarda mutaxassislar “El-yurt umidi” jamgʻarmasining xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida taʼlim olish uchun 2022-yilgi 2-stipendiya tanlovi toʻgʻrisida taqdimot qilishdi.

Taqdimotda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatining asosiy normativ-huquqiy hujjatlari, tanlovlarni oʻtkazish mexanizmi, suhbat oʻtkazish yoʻnalishlari va uning natijalarini baholash mezonlari, nomzodlardan talab etiladigan hujjatlar, stipendiatlarga beriladigan imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirildi.

Seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.