Korrupsiya shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik korrupsiya alomatlariga ega boʻlgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmishdir.
Kuni kecha Maktabgacha taʼlim va Xorijiy tillar fakultetarida “Korrupsiya—rivojlanishga toʻsiq” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirlarda fakultet dekani V. Karimova, institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” boʻlimi boshligʻi T.Siddiqov, Jismoniyva yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi O.Abdullayev, yuriskonsult X. Xazratqulov, dekan oʻrinbosalari hamda talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatilarida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, bu jinoyatni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish hamda ushbu huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi masalalari yuzasidan fikr almashildi.
–Oʻz mansab yoki xizmat vazifasidan shaxsiy yoki oʻzgalar manfaatini koʻzlab moddiy manfaat olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanish albatta, jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi, – deydi Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” boʻlimi boshligʻi T.Siddiqov. – Shu bois, keyingi paytda jamiyatda keskin qoralanayotgan mazkur illatga qarshi kurashishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Zero, korrupsiya rivojlanishga toʻsiq boʻlayotgan eng katta gʻovdir.
Uchrashuvlarda institutda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amaliy ishlar olib borilayotgani, bu borada ijtimoiy hamkorlik, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish juda muhim ekanligi taʼkidlandi.
Eslatib oʻtamiz, Qoʻqon davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalar uchun korrupsiya holatlari bilan toʻqnashganligi boʻyicha xabar qilish imkoniyatini beruvchi “@KSPI_antikor_bot” telegram bot faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Bundan tashqari @qdpi_kqkkntb akkaunti orqali ham ayni masalada murojaat qilishish imkoni mavjud.