Qoʻqon davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarda 2022-yil 10-may kuni quyidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun talabgorning dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtadi.
1. Qoʻqon DPI Fakultetlararo chet tili kafedra tadqiqotchisi Paziljanova Zulfiya Sabirjanovnaning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha “Zamonaviy nemis tili darsliklari vositasida talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi” mavzusida (soat 10:00).
2. Qoʻqon DPI Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tadqiqotchisi Nazarova Gulbahor Azimjon qizining 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi boʻyicha “Ingliz tilidan oʻzbek tiliga kirib kelgan soʻzlarning lingvomadaniy jihatlari ( XX asr oxiri-XXI asr boshlari misolida)” mavzusida (soat 13:00).